Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan «Dog biatlon» musobaqasi o‘tkazildi
Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida vazirlik va idoralar o‘rtasida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan «Dog biatlon» musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Kecha, 7 may kuni Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan musobaqada Mudofaa vazirligining 2 ta erkaklar va 1 ta ayollar jamoasi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining jamoalari, Davlat xavfsizlik xizmatining «Burgut» maxsus bo‘linmasi jamoasi, DXX Chegara qo‘shinlari jamoasi, Milliy gvardiya hamda Davlat bojxona qo‘mitasi jamoalari o‘z xizmat itlari bilan qatnashdi.

Musobaqaning dastlabki kunlarida ishtirokchilar dastlab 3200 metr masofaga yakka tartibda yugurish bilan birga belgilangan nishonni mo‘ljalga olish bo‘yicha shartni bajardi. Ikkinchi kunda esa, musobaqa ishtirokchilari 300 metrlik masofaga to‘siqlarni xizmat iti bilan yengib o‘tgan holda yugurish shartini bajarishdi.

Musobaqa finali - «Dog biatlon estafeta»da esa ishtirokchilar yelkasiga 3 kgdan ortiqroq biatlon qurolini osgan holda, xizmat itlari bilan birgalikda 1600 metr masofaga yugurishdi.


Mazkur masofaning yarmi bosib o‘tilgach, xizmatchilarda biatlon qurolidan foydalanib, 5 ta nishon urish vazifasi ham bor edi. Tekkizilmagan har bir nishon uchun xizmatchiga qo‘shimcha 100 metrlik jarima yo‘laklari qo‘shiladi.


Musobaqaning final jarayonlarini Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov, kuch tuzilmalari doxil vazirlik va idoralar vakillari, Chirchiq shahar hokimi Davron Hidoyatov, qurolli kuchlar faxriylari, OAV vakillari va keng jamoatchilik kuzatib bordi.


Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida:
- III o‘rin - Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati, IIV Qorovul qo‘shinlari, DXX «Burgut-1» jamoalariga;
- II o‘rin - IIV terma jamoasiga;
- I o‘rin - Mudofaa vazirligining erkaklar va ayollar jamoalariga nasib qildi.



Shuningdek, musobaqada «Dog biatloni yakka tartibda yugurish», «300 metrli to‘siqlardan xizmat itlari bilan o‘tish», «G‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasi uchun», «Dog biatloni 3200 metr masofaga yakka tartibda yugurish», «Dog biatlon estafetasi» kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblarga sovg‘alar topshirildi.

Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
16:17 / 01.05.2025
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi
20:36 / 19.02.2025