Jahon | 14:48 / 10.05.2022
12627
2 daqiqa o‘qiladi

Yun Sok Yol Koreya Respublikasi prezidenti sifatida qasamyod qildi 

Uning qayd etishicha, bugungi kunda Janubiy Koreya ko‘plab inqirozlar, jumladan, pandemiya, yetkazib berish zanjirining buzilishi, iqlim inqirozi, chegara ortidagi qurolli nizolar bilan to‘qnash kelgan. 

Foto: Reuters

Yun Sok Yol Koreya Respublikasi prezidenti sifatida qasamyod qildi

"Bizning avlodning burchi – liberal demokratiya va gullab-yashnagan bozor iqtisodiyoti tamoyillari ta’minlangan, xalqaro hamjamiyat oldidagi burchlarini bajaradigan, o‘z xalqiga tegishli mamlakat qurish", - dedi Yun Sok Yol inauguratsiya marosimida.

Uning qayd etishicha, bugungi kunda Janubiy Koreya ko‘plab inqirozlar, jumladan, pandemiya, yetkazib berish zanjirining buzilishi, iqlim inqirozi, chegara ortidagi qurolli nizolar bilan to‘qnash kelgan. Yangi prezident energetika bozori va dunyodagi oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatni ham tilga oldi.

"Ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Koreya Respublikasida iqtisodiy o‘sish sur’atining rekord darajada pasayishi va ishsizlik darajasining oshishi qayd etilmoqda", - dedi Yun Sok Yol.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammolarni "siyosiy jarayon" hal etishi lozim edi, ammo "demokratiya inqirozi" sababli bu sodir bo‘lmadi. Koreyaning yangi prezidenti mamlakatdagi mavjud muammolar hal qilinishiga ishonch bildirdi. 

Inauguratsiya marosimi mamlakat parlamenti binosi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tdi. Marosimga 41 mingga yaqin kishi taklif etildi.

Janubiy Koreyada prezident saylovi 9 mart kuni o‘tkazildi. Unda Yun Sok Yol 48,56 foiz ovoz olib g‘olib bo‘ldi. 

Mavzuga oid