Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada 31 kishi mafiyaga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi
Qo‘lga olinganlar shuningdek, giyohvandlik moddalarini saqlash va tayyorlash, qurol saqlash, tovlamachilik va boshqa jinoyatlarda ham gumonlanmoqda.
Italiya huquqni himoya qilish organlari mafiyaga aloqadorlikda gumonlangan 31 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Ansa agentligi xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, qo‘lga olinganlar shuningdek, giyohvandlik moddalarini saqlash va tayyorlash, qurol saqlash, tovlamachilik va boshqa jinoyatlarda ham gumonlanmoqda.
Qayd etilishicha, 29 kishi hibsga olingan, ikki kishi uy qamog‘iga hukm qilingan.
Hibsga olishlar Sitsiliya, Kalabriya hamda mamlakat shimolida amalga oshirilgan.
Gap "Koza nostra" mafiyasining ehtimoliy a’zolari haqida bormoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, guruh uch yil avval 16 ming dona tibbiy niqob o‘g‘irlanishi ishiga ham aloqador. Huquqni himoya qilish organlari xodimlari shuningdek, 80 kiloga yaqin giyohvandlik moddalarini musodara qilgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025