Baxmal tumanida uch kunda ikkita qotillik sodir etildi
Jizzax viloyati Baxmal tumanida oilaviy mojarolar tufayli uch kunda ikkita qotillik sodir etilgan
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 13 may kuni Baxmal tumani «Gulbuloq» MFYda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida xotini bilan janjallashgan.
Bundan xabar topgan ayolning qarindoshlari kelib janjalga aralashgan. Tomonlar o‘rtasida kelib chiqqan mushtlashuvda kelinning ukasi yigitning otasiga tesha bilan jarohat yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, qishloq vrachlik punktida vafot etgan.
Yana bir holatda, 2022 yil 17 may kuni Baxmal tumani «Bunyodkor» MFYda yashovchi shaxs shu mahallada yashovchi akasining xotiniga xo‘jalik pichog‘i bilan tan jarohatlari yetkazgan. Oqibatda ayol ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi ikkita holat bo‘yicha qasddan badanga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, inson o‘limiga sabab bo‘lgan har ikkala shaxsga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024
Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
11:44 / 30.10.2024