Qirg‘iziston va Turkmanistonda Rossiyaning qator telekanallari efiri vaqtincha to‘xtatildi
Bunga "qator mamlakatlarda Rossiya telekanallari efiriga cheklovlar kiritilgani bois xalqaro sun’iy yo‘ldoshlarda VGTRK telekanallari efiri bloklangani" sabab bo‘lgan.

Foto: TASS
Turkmanistonda Rossiyaning "Rossiya-1" va "Zvezda" telekanallari efiri vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar berdi DW. "Ashxobod shahar telefon tarmog‘i" operatori yaqin vaqt ichida rezerv translatsiya tashkil etilishini bildirgan.
Avvalroq Qirg‘izistonda ham Rossiyaning ayrim telekanallari efiri vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgandi. Bu mamlakatda "Rossiya-24", "Rossiya Kultura" va "Zvezda" telekanallari translatsiyasi to‘xtatib qo‘yilgan.
"Aknet" telekommunikatsiya kompaniyasining bildirishicha, bunga "qator mamlakatlarda Rossiya telekanallari efiriga cheklovlar kiritilgani bois xalqaro sun’iy yo‘ldoshlarda VGTRK telekanallari efiri bloklangani" sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda rezerv translatsiyani tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Rossiyaning "Pervyy kanal", "RenTV", "NTV", Ss, TNT, Che, "Match" va boshqa kanallari efiri davom etmoqda.
Avvalroq YeI, Buyuk Britaniya, Avstraliya va boshqa qator davlatlar VGTRK, uning rahbariyati va xodimlariga nisbatan sanksiyalar kiritgandi.
Mavzuga oid

20:30
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56
Rossiya TIV Moskvada Qirg‘iziston fuqarolari tahqirlanganiga izoh berdi

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:56 / 15.04.2025