Xarkov markaziga yana raketa hujumi, Severodonetskka artilleriya zarbalari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 92-kuni o‘tdi. Donbass uchun janglar davom etmoqda - Kiyevdagi rasmiy shaxslarning bu hududdagi vaziyat bo‘yicha bayonotlari tobora xavotirli tus olmoqda. 26 may kuni Xarkov oblasti o‘qqa tutildi, region rasmiylari 9 kishi halok bo‘lganini xabar qildi, qurbonlar orasida - besh oylik chaqaloq ham bor. Rossiya kuchlari tomonidan egallab olingan, ko‘p vaqtdan buyon elektr ta’minoti va axborot olish imkoni yo‘q bo‘lgan Mariupol ko‘chalarida Rossiya telekanallari namoyish etiladigan harakatlanuvchi ekranlar paydo bo‘ldi.
Ukrainada urushning 93-kuni. So‘nggi ma’lumotlar
- Rossiya harbiylari Lugansk oblasti ma’muriy markazi bo‘lmish Severodonetsk shahrini qurshovga olish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Shahar atrofida favqulodda og‘ir janglar ketmoqda.
- Region rahbarining ma’lumotiga ko‘ra, Lugansk oblastining faqat 5 foiz hududi Ukraina qo‘lida qolgan - bu bir hafta oldingidan ikki barobar kamroq. Ukraina qo‘shini frontning ayrim uchastkalarida chekinishga majbur bo‘lmoqda.
- Severodonetsk meri shahar tinimsiz o‘qqa tutilayotgani, shahardagi turar joy binolarining 60 foizi vayron bo‘lgani, qurilishlarning 90 foizga yaqini shikastlangani va ularni kapital ta’mirlash talab etilishini aytgan.
- Pentagondagilar harbiylar soni bo‘yicha katta ustunlikka egaligiga qaramay, Rossiyaning yutuqlari kamtargina ekanini aytishmoqda. Rossiya qo‘mondonligi avvalgi xatolaridan saboq chiqarmay, o‘sha taktikadan foydalanishda davom etmoqda.
- Urushlarni tadqiq qilish instituti tahlilchilari Rossiya armiyasi jiddiy darajada kuchsizlangani va kelgusidagi yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish juda qiyin bo‘lishini aytishgan. Hozirda, ularning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Ukraina janubida egallab olingan hududlarda hududlar ustidan uzoq muddatli nazorat o‘rnatish va ukrainlarning qarshi hujumlarini qaytarish uchun «mudofaaning uchinchi liniyasi»ni o‘rnatmoqda.
- Ukraina TIV rahbari yana bir bor G‘arb mamlakatlariga murojaat qilib, agar ular Ukraina taqdiriga befarq bo‘lishmasa, zudlik bilan og‘ir qurollar yetkazib berishlari zarurligini aytdi: «Artilleriyasiz, baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarisiz, biz rossiyaliklar qo‘shinini siqib chiqara olmaymiz».
- CNN telekompaniyasi shaxsini sir tutgan bir necha amerikalik amaldorlarga tayanib, Bayden ma’muriyati Ukrainaga Kiyev so‘rayotgan uzoq masofaga otuvchi ilg‘or raketa tizimlarini yetkazib berishga tayyorlanayotganini xabar qildi. Bunday jo‘natma haqida keyingi haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Quyida 26 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan fotosuratlar.
Donbass shimoli
Mariupol
Xarkov
Kiyev oblasti
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024