Jahon | 14:01 / 30.05.2022
37545
6 daqiqa o‘qiladi

Rus texnikalarini o‘zlashtirayotgan ukrainlar, harbiy libosdagi ruhoniy. Urush suratlari

29 may kuni Kiyevda shaharga asos solinganiga 1540 yil to‘lishini nishonlashdi. Poytaxt markazidagi Mixaylovskoye maydonida kiyevliklar uchun Rossiya armiyasining yakson etilgan texnikalari namoyishi o‘tkazildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkov oblastiga tashrif buyurdi — bu uning urush boshidan buyon ilk bor Kiyev oblastidan tashqariga chiqishidir. Shu kuni — tashrif vaqtida yoki undan keyin ekani ma’lum emas — Xarkov yana rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutildi. Mariupol shahar kengashi deputati Aleksandr Lashinning so‘zlariga ko‘ra, shahar issiq va ko‘chalarda suv toshishi tufayli epidemiya yoqasiga kelgan, rossiyalik harbiylar suv ta’minotini yo‘lga qo‘yishga urinish chog‘ida suv toshirib yuborishgan.

Ukraina prezidenti mamlakat harbiylarining oldingi pozitsiyasiga keldi. Bu Zelenskiy 24 fevraldan buyon ilk bor Kiyev oblastidan tashqarida ko‘rinish berishidir. Ukrainian Presidential Press Service / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Urushning 95-kunida Severodonetsk uchun janglar shiddatli tus oldi. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar ko‘chalarida rossiyalik harbiylar bilan janglar boshlanib ketgan. Bu vaqtda Rossiyadagi ayrim manbalar Severodonetsk egallangani haqida xabar tarqatmoqda.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkov oblastida amaldorlar va harbiylar bilan uchrashdi. Tashrifdan keyingi videomurojaatida prezident Ukraina xavfsizlik xizmatining Xarkov oblasti bo‘yicha boshqarmasi rahbari Roman Dudinni ishdan olganini ma’lum qildi, Dudin endi tergov qilinadi.
  • Yevroittifoq vakillari hamon Rossiya neftiga embargo qo‘yish masalasida kelisha olmayapti, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi shunga bog‘liq. Ular 30 may kuni, Yevroittifoqning navbatdagi sammiti arafasida yana shu masalani muhokama qilishadi.
  • Ukrainalik chegarachilar Sumi va Chernigov oblastlari hududi Rossiyadan turib o‘qqa tutilgani haqida xabar berishgan. Yakshanba kuni Nikolayev oblastida berilgan zarbalar oqibatida kamida bir kishi, Donetsk oblastida - uch kishi halok bo‘lgan. Rossiya harbiylari Krivoy Rogga ham raketa yo‘llagan.
  • AQSh Ukrainaga M777 gaubitsalarining navbatdagi partiyasini, Polsha esa 18 ta KRAB rusumli o‘ziyurar gaubitsalarni jo‘natdi.

Quyida 29 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkov oblasti

Xarkov meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, shahar 29 may kuni yana o‘qqa tutildi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Harbiy harakatlar chog‘ida Xarkov shahri va oblast hududida 2229 uy vayron qilingan. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy ushbu hududga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi, u bu yerda vayronaga aylangan kvartallarni aylandi hamda infratuzilmani tiklash bo‘yicha majlis o‘tkazdi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Xarkovdagi ukrain harbiylari rossiyalik harbiylar qoldirib ketgan texnikalarni to‘plamoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari rossiyaliklarning jangovar piyodalar mashinasini (BMP-2) ta’mirlashmoqda.
AP Photo/Bernat Armangue
Rossiyaning zirhli harbiy texnikasi (MT-LB) frontga qaytarish uchun tayyorlanmoqda.
AP Photo/Bernat Armangue
Rossiyaliklar tomonidan tashlab ketilgan harbiy texnikalar to‘planib, Ukraina manfaatlari uchun foydalaniladi.
AP Photo/Bernat Armangue
Ukraina armiyasi ruhoniysi Xarkovdagi pravoslav cherkovida yakshanba ibodatidan keyin libosini almashtirmoqda
AP Photo/Bernat Armangue

Odessa 

Odessadagi plyaj. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina Rossiya Qora dengizdan hujum qilishi xavfi tufayli sohilni minalashtirgan
Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA

Mariupol 

Mariupol shahar kengashi deputati Aleksandr Lashin «Nastoyashcheye vremya» telekanaliga bergan intervyusida shaharda «dahshatli atmosfera» hukm surayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupolda elektr yo‘q, rossiyalik harbiylar suv ta’minotini tiklamoqchi bo‘lganida, ko‘chalarni suvga bostirib yuborishgan. Natijada shaharliklar o‘z qo‘li bilan qazigan qabrlarning ko‘p qismi ochilib qolgan. Foto: Stringer / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev

Kiyevliklar Mixaylovskoye maydonida yig‘ilib, bu yerda ko‘rgazmaga qo‘yilgan rossiyaliklarning tanklari va zirhli texnikalarini tomosha qilishdi. 29 may kuni shaharda Kiyev kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
Elektrosamokatlardagi ukrain harbiylari
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik qizaloq Mixaylovskoye sobori oldidagi maydonga qo‘yilgan rossiyaliklarning raketalarini tomosha qilmoqda
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Andreyevskoye cherkovi oldidagi odamlar. Foto: Christopher Furlong / Getty Images
Ukraina bayrog‘ini tutgan yosh yigit rossiyaliklarning yakson bo‘lgan tankida
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA
Bolalar Kiyev kuni munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma vaqtida tank ustida o‘ynashmoqda. Har yili may oyining oxirgi yakshanbasida Ukraina poytaxti asos solingan kun nishonlanadi. Foto: AP Photo/Natacha Pisarenko

 

Mavzuga oid