Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda oilaviy janjal qotillik sodir etilishi bilan tugadi
Eri tomonidan jarohat yetkazilgan uch nafar farzandning onasi, 27 yoshli jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 27 may kuni ertalab soat 5:00 larda viloyat IIBning 102 raqamiga Samarqand tumani Urganji mahallasida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisining xonadonida oilaviy janjal bo‘layotgani haqida xabar bergan.
IIB tomonidan aniqlanishicha, er-xotin aliment puli masalasida oldindan mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklari natijasida o‘zaro janjallashib qolishgan. Oqibatda erkak ayolini oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
27 yoshli ayol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.
Hozirda qotillikda gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tarzda qamoqqa olingan. Tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qotillik jinoyati viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov, Samarqand tumani hokimi, sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolari ishtirokida atroflicha muhokama qilingan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
18:43 / 16.05.2025