Jahon | 12:50 / 02.06.2022
37921
5 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi janglar va shaharlar o‘qqa tutilishi. Urush suratlari

Urushning 98-kuni o‘tdi. Rossiya qo‘shinlari Donbassda yurishini davom ettirmoqda, Slavyansk, Kramatorsk va Lisichansk ham xavf ostida. Ukraina poytaxtida yangragan bayonotlarga ko‘ra, rossiyaparast kuchlar Severodonetskning 80 foizini egallab bo‘lishgan, shahar ko‘chalarida janglar ketmoqda.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 1 iyun kuni Vashingtonda Davlat departamenti binosidagi matbuot anjumanida Entoni Blinken bilan
AP Photo/Jacquelyn Martin

Ukrainadagi urushning 99-kuni. So‘nggi ma’lumotlar

  • Ukrainlarning Xerson atrofidagi qarshi hujumlari to‘xtab qolgan. Vashingtondagi Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, ukrain kuchlari Xerson oblasti shimolidagi hududlarda joylashgan rossiyalik harbiylar ta’minoti uchun foydalaniladigan asosiy yo‘llardan birining atrofidagi pozitsiyalarni egallashgan.
  • Severodonetskda janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki axborotida rossiyalik harbiylar shaharda «shturm harakatlari»ni davom ettirayotgani aytilgan.
  • Jo Bayden ma’muriyati ukrain harbiylariga MQ-1 Predator droni modifikatsiyasi bo‘lgan MQ-1C Gray Eagle uchuvchisiz uchish qurilmalaridan to‘rt donasini yetkazib berishi mumkin. Bu rasmiy bayonot emas, ammo bu to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Ukraina armiyasi xususiyatlariga ko‘ra «Bayraktar»lardan ham afzalroq bo‘lgan to‘rtta dronga ega bo‘ladi.
  • Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, barcha yo‘nalishlarda katta miqdorda uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘qotilgani tufayli Rossiya jang maydonida hatto FVVga tegishli dronlarni ham qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
  • Lugansk oblasti ustidan nazoratni mustahkamlash va harbiy harakatlarni Donetsk oblastiga ko‘chirish uchun Rossiya armiyasi tabiiy to‘siq bo‘lgan Shimoliy Don daryosini kechib o‘tish zarur hisoblanadi. Daryodagi asosiy kechuv joylari Severodonetsk va Lisichansk shahri o‘rtasida hamda yaqinda egallab olingan Limanda joylashgan. Ammo ukrainlar armiyasi daryo sohillarini nazorat qilishda va ko‘priklarni portlatishda davom etmoqda.

Quyida 1 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmut yaqinida pista omborida chiqqan yong‘in. Foto: EPA / Scanpix / LETA
Nogironlar kolyaskasida Dneprga ketuvchi evakuatsiya poyezdiga olib chiqilayotgan keksa yoshli ayol. Bu poyezd Donetsk oblastining Pokrovskoye qishlog‘idagi bekatdan yo‘lga chiqqan, ukrainalik ko‘ngillilar bu yerga har kuni front chizig‘i atrofidagi aholi punktlaridan yuzlab kishilarni olib kelishmoqda
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Donetsk oblastining keksa yoshli aholisi vakillari Pokrovskdan Dneprga jo‘nagan evakuatsiya poyezdida
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Donetsk oblasti aholisi evakuatsiya poyezdida
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Ukrainalik politsiyachi Donetsk oblasti Marinka shahridagi maktabda. Uning vazifasi — maktab binosi hududida xavfsiz joyga ko‘chirilishga ehtiyoj sezgan tinch aholi vakillari bor-yo‘qligini tekshirish hisoblanadi. Foto: Anna Kudriavseva / Reuters / Scanpix / LETA
Soledarlik keksa kishi shahar o‘qqa tutilgan vaqtda halok bo‘lgan ayol jasadi yonida. Endilikda deyarli bo‘shab qolgan shaharda urushdan oldin 11 ming kishi yashagan. Soledar sharqdagi front chizig‘idan besh kilometr masofada joylashgan va Rossiya artilleriyasi tomonidan tinimsiz o‘qqa tutilmoqda: shahar qamaldagi Severodonetskka eltuvchi yo‘l bo‘yida joylashgan. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Slavyansk aholisi vakili Sergey Tarasyuk raketa zarbasi oqibatida vayron bo‘lgan o‘z uyidagi xarobalar orasida. Tarasyuk mehmonxonada tunagani uchun omon qolgan. Rossiya kuchlarining Slavyanskka yurishi davom etmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Lugansk oblastidagi Rubejnoyeda ko‘tarilgan tutun. Urushga qadar bu shaharda 60 ming aholi yashagan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Hozirda Rubejnoye rossiyaparast kuchlar nazoratida. Rossiya propagandasi shahar «natsionalistlardan ozod etilgani»ni aytadi. Ukraina tomoni shahar amalda kultepaga aylanganini qayd etadi. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rubejnoye ko‘chalarida yakson etilgan harbiy texnika
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rubejnoyeda mahalliy aholi chelaklarga suv yig‘moqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Zirhli texnikadagi ukrain harbiylari Slavyansk yaqinidagi front chizig‘ini tark etmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
 Ukraina armiyasi harbiy xizmatchisi Donetsk oblastidagi front chizig‘ida oboymaga o‘qlarni joylamoqda.
Dmytro Smolenko / Reuters / Scanpix / LETA
Slavyanskda raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan uylar yaqinidan o‘tayotgan keksa yoshli ayol
AP Photo/Andriy Andriyenko

Mavzuga oid