O‘zbekiston | 13:58 / 11.06.2022
6808
1 daqiqa o‘qiladi

«Azimut» aviakompaniyasi Navoiyga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi

Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi ilk bor Navoiyga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airports

 «Azimut» aviakompaniyasining samolyoti 11 iyun kuni soat 02:00 da bortida 100 nafar yo‘lovchi bilan Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Bu «Azimut» aviakompaniyasining Moskva — Navoiy — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi bo‘ldi. Reyslar «Vnukovo» aeroportidan muntazam ravishda SSJ100 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.

«Azimut» Krasnodar va Rostov-Donda joylashgan Rossiya aviakompaniyasidir.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan «Azimut» aviakompaniyasiga 2022 yil 28 martda ruxsatnoma berilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid