Jamiyat | 07:50 / 11.06.2022
14821
1 daqiqa o‘qiladi
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi
Buxoro viloyatining Kogon tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 11 iyun kuni soat taxminan 04:10 da Buxoro viloyati Kogon shahar gazchilar qo‘rg‘onida joylashgan “Kogon magistral gaz quvurlari” boshqarmasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 tv maxsus texnika voqea joyiga soat 04:13 da yetib borgan va yong‘in soat 05:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 1-gaz haydash uskunasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.