Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Kecha, 10 iyun kuni O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Vetnamning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Dang Min Kxoy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Xususan, mamlakatlar o‘rtasida turizmni rivojlantirish, yo‘lovchi va yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida ikki davlat poytaxtlarini bog‘lovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda “Vietnam Airlines” aviakompaniyasi “Uzbekistan airways” AJ va "Uzbekistan airports" AJ bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Xanoy – Toshkent – Xanoy yo‘nalishida muntazam qatnovlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalani tez orada batafsil muhokama etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025