Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 2025 yildan faqat energotejamkor uylar quriladi
Yaponiyada 2025 yildan boshlab energotejamkorlik talabiga javob bermaydigan uylar qurilishiga ruxsat berilmaydi. Bu boradagi qonunchilikka mamlakat parlamenti talabiga ko‘ra o‘zgartirish kiritilgan.
NHK telekanalida aytilishicha, 13 iyunda qabul qilingan o‘zgarishlarga ko‘ra, 2025 yildan boshlab Yaponiyadagi barcha turar joylar faqat energiya tejamkor materiallardan quriladi. Uylardagi derazalar joylashuvi, isitish tizimi bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Ushbu o‘zgarishlar natijasida konditsionerlar uchun kamroq elektr energiyasi sarflanishi kutilmoqda.
Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash doirasida ofislar, korxonalarni yangi standartlarga moslab ta’mirlash uchun past foizli kreditlar ajratiladi.
Yaponiyada 2050 yilga borib uglevodorod chiqindisini maksimal kam darajaga yetkazish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun Yaponiya yana AESlar faoliyatini kengaytirishga, mavjud ko‘mirda ishlovchi IESlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. 2011 yil «Fukusima-1» AESidagi portlashdan keyin Yaponiyada atom energetikasidan foydalanishni kamaytirishgan edi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025