O‘zbekiston | 07:34 / 18.06.2022
9598
2 daqiqa o‘qiladi

«Ichan-qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasining muzey filiallari tashkil qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Xorazm viloyatida joylashgan madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish, ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash hamda “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiallarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Madaniy meros agentligi va Xorazm viloyati hokimligining Arab Muhammadxon madrasasida saqlanayotgan 56 mingta nodir topilma va buyumlardan iborat eksponatlarni saqlash va namoyish qilish uchun “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi yangi muzey filiallarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Agentlik Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:

  • “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining Ko‘hna ark majmuasi zarbxona binosida Xorazm xonligi zarbxonasi tarixi muzeyi, Polvon qoriy savdo uyi binosida Oq masjid mennonitlari tarixi muzeyi, Xiva tumani, Ogahiy uyida Ogahiy uy-muzeyi, Deshon-qal’ada joylashgan Hazorasp darvozasida Xorazm madaniyati va tarixi muzeylari tashkil qilinishi;
  • muzeylar nizomi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi;
  • muzeylarning shtatlar jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi;
  • muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi;
  • muzeylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishi;
  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzeylar ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan to‘ldirilishi;
  • muzeylarga sayyohlarning keng jalb etilishi choralarini ko‘radi.

Xiva shahridagi “Ichan-qal’a”, “Dishan-qal’a” va boshqa madaniy meros obektlarida restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlarini hamda ularga yondosh hududlarda qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga faqat YuNeSKO Umumjahon meros markazi bilan kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid