Milliarder Baffet bilan birga ovqatlanish huquqi 19 mln dollarga sotildi
Uorren Baffet 2000 yildan buyon o‘zi bilan birga ovqatlanish huquqini auksionda sotadi. Shu vaqtga qadar ushbu savdolardan 53 mln dollar pul tushgan.
Kimoshdi savdosida Uorren Baffet bilan kechki ovqatni birga tanovul qilish huquqi 19 mln dollarga sotildi. Bu haqda Reuters va Bloomberg xabar berdi.
Savdo g‘olibi ism-sharifi sir saqlanishini istagan.
Savdo eBay auksionida 25 ming dollar narx bilan boshlandi. Savdoning ikkinchi kunida narx 2 mln dollarga, uchinchi kuni esa 11 mln dollarga yetdi. Auksion savdosining so‘nggi daqiqasida 19,0001 mln dollar taklif etgan xaridor g‘olib bo‘ldi.
Auksion g‘olibi va u taklif etishi mumkin bo‘lgan yetti nafargacha mehmon Baffet bilan birga Manhettendagi Smith & Wollensky steyhausida ovqatlanishadi.
Baffet 2000 yildan buyon o‘zi bilan birga ovqatlanish huquqini auksionda sotadi. Faqat 2020 va 2021 yillari pandemiya sababli auksion o‘tkazilmagan. Shu vaqtga qadar ushbu savdolardan 53 mln dollar pul tushgan.
Savdodan tushgan pullar qashshoqlar, uysizlarga yordam berish va giyohvandlik moddalarini suiiste’mol qilishga qarshi kurashish bilan shug‘ullanadigan Glide notijorat tashkilotiga beriladi.
Avvalroq Baffet barcha boyligini Glide tashkilotiga taqdim etishini aytgandi. Investorning boyligi 93,4 mlrd dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
22:19 / 28.08.2024
Berkshire Hathaway kapitallashuvi birinchi marta 1 trillion dollardan oshdi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024