O‘zbekiston | 07:07 / 20.06.2022
82497
2 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi uyda ikki bolaning jasadi topildi. Qotillikda ayol kishi gumonlanmoqda

Andijonda 3 va 8 yoshli bola qasddan o‘ldirilish holati bo‘yicha qidiruv e’lon qilindi. Qotillikda gumonlangan ayol yetti oylik homilador bo‘lgan.

Viloyat prokuraturasining qayd etishicha, Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘.ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda” – deyiladi munosabatda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa mazkur qotillikda gumonlanib qidiruvga berilgan ayol to‘g‘risida xabarnoma tarqaldi.

Xabarnomada mazkur qotillikda Izboskan tumani, “Mayg‘ir” QFY, Usmonxo‘jayev ko‘chasida yashovchi fuqaro, 1995 yilda tug‘ilgan Yo. D. qidirilayotgani qayd etilgan.

Qidiruvdagi shaxsning alohida belgilari: qornining past qismida jarrohlik operatsiyasidan chandiq qolgan, o‘ng labining tepa qismida xoli bor va qorni chiqqan bo‘lib yetti oylik homilador.

Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid