Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy xavfsizlik konsepsiyasi yangi tahrirda ishlab chiqiladi
O‘zbekiston tashqi siyosatining konseptual-huquqiy asoslarini yangilash va takomillashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Asosiy qonunimizga O‘zbekiston barcha davlatlar, eng avvalo o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan tinchlikparvar va do‘stona siyosat yuritishi, uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsip va normalariga asoslanishi haqidagi moddani qo‘shishni taklif etaman.
Shuningdek, mamlakatimiz va jahonda tub o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi sharoitda, O‘zbekiston tashqi siyosatining konseptual-huquqiy asoslarini yangilash va takomillashtirish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan hozirgi paytda keng omma muhokamasida bo‘lib turgan konstitutsion islohotlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini yangi tahrirda ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman.
Mazkur hujjatlarning o‘ta muhimligidan kelib chiqib, ushbu Konsepsiyalarni ham Konstitutsiyaviy qonun shaklida qabul qilishni taklif etaman”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024