Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev BMT inqirozli vaziyatda qolganini aytdi
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning fikricha, BMT hattoki sovuq urush davrida ham hozirgidan ko‘ra ko‘proq birdamlikni namoyish etgan.
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
BMT hozirda inqirozli vaziyatda qoldi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qatar iqtisodiy forumi sessiyasida ana shunday fikr bildirdi.
Unga Ukrainadagi nizoni hal qilishning qanday istiqbollari borligi haqida savol berildi.
«Birinchi navbatda, har ikki davlatning yaxshi irodasi. Lekin shu bilan birga, xalqaro hamjamiyatning qo‘llab-quvvatlovi kerak. Afsuski, xalqaro hamjamiyat bo‘linib qoldi. Xavfsizlik kengashi – bu qayg‘uli o‘tmish», — dedi To‘qayev.
Uning fikricha, ilgari BMT hech qachon bunchalik yomon vaziyatda qolmagan, hattoki sovuq urush davrida ham hozirgidan ko‘ra ko‘proq birdamlikni namoyish etgan.
Qozog‘iston prezidenti BMT kelajagidan xavotirdaligini, ammo dunyo mamlakatlari birdamligi zarurligiga ishonishini aytdi. BMT Rossiya va Ukrainaning tinchlik yo‘liga o‘tishiga ta’sir ko‘rsatishi kerak, deb ta’kidladi u.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
12:16 / 17.05.2025