Jahon | 13:58 / 21.06.2022
23960
8 daqiqa o‘qiladi

Yer ostida yashayotgan xarkivliklar, Donbassdagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 117-kuni o‘tdi.

Denis Kaminev / «Meduza»

20 iyun kuni kechqurun Gruziya poytaxtida «Yevropaga qaytish» nomi ostida yevrointegratsiyaga bag‘ishlangan miting bo‘lib o‘tdi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, unda 30 mingdan 50 ming nafargacha odam qatnashgan. Miting «Uyat» fuqarolar harakati tomonidan tashkillashtirilgan, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili uning ishtirokchilarini olqishlagan. Gruziyaning yevrointegratsiyalashuviga bag‘ishlangan aksiyalar mamlakatning boshqa bir qancha shaharlarida va Yevroittifoq mamlakatlari poytaxtlarida ham bo‘lib o‘tdi. Bunday aksiyalar Yevroittifoqning 23-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitiga qaratilgan bo‘lib, unda Gruziya, Ukraina va Moldovaga Yevroittifoqqa a’zolik nomzodi maqomini berish masalasi ko‘rib chiqiladi. O‘tgan hafta Yevrokomissiya Gruziyaga emas, ammo Ukraina va Moldovaga shunday maqom taqdim etishni tavsiya qilgandi.

Ukrainadagi urush. 20 iyun kungi asosiy ma’lumotlar

  • Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich urush boshidan buyon 10 ming ukrain harbiysi halok bo‘lib, 30 ming nafari yaralanganini ma’lum qildi;
  • Severodonetskda janglar sanoat zonasiga ko‘chgan, Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning aytishicha, ukrain harbiylari faqat «Azot» zavodini nazorat qilishmoqda. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, zavod hududida 300 nafar atrofida tinch aholi vakillari qolmoqda, ularning aksar qismi evakuatsiyadan bosh tortmoqda;
  • Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga jang qilish uchun kelib, qo‘lga tushgan amerikalik ko‘ngillilar «jinoyat» uchun javobgarlikka tortilishi zarurligini aytdi. «Ular muntazam armiya askarlari emas va Jyeneva konvensiyasiga to‘g‘ri kelmaydi», degan u;
  • Ukrain harbiylari «Chernomorneftegaz» burg‘ilash platformasi bo‘ylab zarba bergan, bu haqda annexia qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov ma’lum qildi. Davlat dumasining qrimlik deputati Mixail Sheremet yaqin vaqtlar ichida «qaror qabul qilish markazi bo‘ylab javob zarbalari» berilishini va’da qildi. Aksenovning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, hujum oqibatida uch kishi yaralanib, yetti kishi bedarak yo‘qolgan.
  • Mariupol meri Vadim Boychenko Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan shahar aholisi ichimlik suvi yetishmovchiligi tufayli halokat yoqasida qolayotganini xabar qildi. Hozirda okkupatsiya hukumati aholiga haftasiga bir marta suv bermoqda va odamlar bu suvdan olish uchun 4-8 soat mobaynida navbatga turmoqda. Bundan tashqari, shahar elektr, gaz va kanalizatsiyasiz yashamoqda.
  • «Azovstal»da asirga olingan harbiylar tirik va ularning ayrimlari bilan aloqa o‘rnatilgan. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi. U agar ularning sog‘ligi va hayotiga tahdid yuzaga keladigan bo‘lsa, Rossiya bilan hech qanday muzokaralar bo‘lmasligini ma’lum qildi.
  • Rossiya qo‘shini Lugansk oblastidagi Toshkovka posyolkasini egallagan, bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov xabar qildi. Ukraina hukumati hozircha bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.

Quyida 20 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblasti 

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti aholisi Lyubotin temiryo‘l transporti kasb-hunar litseyiga kelib tushgan raketa zarbasi oqibatlarini bartaraf etmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Lyubotin mintaqaning g‘arbiy qismida joylashgan. Boshqa yo‘nalishda, Xarkivdan janubi-sharqda, Rossiya kuchlari muvaffaqiyatsiz razvedka va artilleriya hujumlarini amalga oshirgan, Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, bu zarbalar Ukrainaning mintaqadagi qarshi hujumlariga javoban yo‘llangan bo‘lishi mumkin. Volodimir Zelenskiyning xabar qilishicha, Rossiya armiyasi Xarkivga hujum uchun kuch yig‘moqda.

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv shimolidagi Malaya Danilovka posyolkasi aholisi tungi o‘qqa tutishlardan keyin paydo bo‘lgan o‘rani ko‘zdan kechirmoqda. Surat Xarkiv davlat zooveterinariya akademiyasining shikastlangan binosidagi singan derazadan olingan. 

Xarkiv davlat zooveterinariya akademiyasi xodimi qushlar tulumlarini yig‘moqda
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv aholisi Nemishlyanskiy rayonidagi rossiyalik harbiylar zarbalari oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga urinayotgan o‘t o‘chiruvchilarni kuzatmoqda. 

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Scanpix / LETA

Sobiq hamshira Natalya Leus Xarkivdagi bombapanagohda yashaydi. U bu yerga oblast sharqidagi Kutuzovka qishlog‘idan ko‘chib kelgan. Oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, 20 iyun kuni oblastda uch kishi — Kutuzovkadan 65 yoshli ayol, Balakliyadan 61 yoshli ayol va 49 yoshli erkak halok bo‘lgan. Xarkiv sanoat rayonida ikki kishi yaralangan.

Sobiq haydovchi Yuriy Leus Xarkivdagi bombapanagohda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Scanpix / LETA
Kutuzovkalik fermer Nadejda Boyko bombapanagohda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Scanpix / LETA
Kutuzovkadan bo‘lgan 73 yoshli Marfa endi bombapanagohda yashamoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Scanpix / LETA

Chernihiv

Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA

Chernihivdagi vayron bo‘lgan uy derazasidagi yumshoq ayiqcha, bu Ukrainaning Rossiya bosqinidan eng ko‘p jabrlangan shaharlaridan biridir. Aprel oyi boshida, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Kiyev va Chernihiv yo‘nalishlaridan olib ketganida, shahar meri Vladislav Atroshenko Chernihiv o‘qqa tutilishi oqibatida binolarning 70 foizi shikastlanganini aytgandi. 

Chernihivlik 76 yoshli ayol rossiyaliklar hujumidan vayron bo‘lgan uyi oldida
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Donetsk shimolidagi Baxmutda tabiat qo‘ynida dam olayotganlar osmonda uchib ketayotgan raketaga qarashmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblasti shimoli-g‘arbidagi Pokrovskdan harbiy harakatlar hududidan jo‘nab ketishga hozirlanayotgan evakuatsiya poyezdidagi keksa yoshli ayol. O‘tgan haftada Pokrovskka ham zarbalar yo‘llangandi. 

Madeleine Kelly / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Lisichansk ko‘chasida shikastlangan mashinalar va qoldiqlar. Ukraina armiyasi bosh shtabiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Severodonetsk yo‘nalishida ukrain pozitsiyalarini turli kalibrdagi artilleriya qurollaridan o‘qqa tutmoqda. Lisichansk, Ustinovka, Gornoye atrofida aviazarbalar ham berilgan. 

Ukrain tanki Lisichanskka ketmoqda
Madeleine Kelly / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi Amerika tomonidan yetkazib berilgan M777 gaubitsasidan rossiyalik harbiylar pozitsiyalariga zarba bermoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky, File

 

Mavzuga oid