O‘zbekiston | 17:53 / 23.06.2022
10925
3 daqiqa o‘qiladi

SSP: Bug‘doyni birjaga chiqarish bo‘yicha fermerlarning taklif va mulohazalari tinglanmoqda

“Fermer mahsulotni arzon-garovga sotmasligi kerak”, deya ta’kidlandi Savdo-sanoat palatasi rahbari va Chinoz fermerlari uchrashuvida. Muloqotda bug‘doyni birja orqali sotishga o‘tish mexanizmlari muhokama qilindi.

8 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshchiligida, Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyatining Chinoz tumanida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Seminarda joriy yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida bo‘lib o‘tgan, tovar-xomashyo birjasida savdolarni ko‘paytirish, mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-262-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlariga birja savdolari orqali bug‘doy oldi-sotdisini amalga oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Seminar bahs-muzokaralarga to‘la, yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Chinoz tumanidan 45 nafar fermer xo‘jalik rahbarlari, “Chinoz Oltin Don” klasteri rahbari hamda 20 ga yaqin ish yurituvchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda fermerlar tomonidan takliflar berildi. Jumladan, Chinoz tumanida faoliyat yuritib borayotgan “Arslonbekov Ne’mat” FX rahbari Ahmad Arslonbekov, “Doniyer Al Said” FX rahbari Shokir Rahimov hamda “Ahmedov Abduqayum” FX rahbari Abduqayum Ahmedovlar tomonidan quyidagi taklif va savollar berildi:

  • fyuchers shartnomasi to‘lovini birja narxida topshirish;
  • birjada ishtirok etish uchun qanaqa hujjatlar kerak bo‘lishi, sotilgan don mahsuloti uchun pul necha kunda hisobraqamga tushirib berilishi;
  • rejadan ortgan g‘alla birja orqali sotilganda 15 foiz QQS to‘lanadi, agar topshirmasdan naqd pulga sotilsa, bu holatda ushbu 15 foiz QQS to‘lanmagani sababli moddiy yutuq mavjud, shu sabab rejadan ortgan g‘alla birja orqali sotilganda 15 foizlik QQSdan ozod etish;
  • klaster, MIB va fermer munosabatini qonuniy tartibga solish va qattiq nazorat qilish.

Bu kabi uchrashuvlar respublikaning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

Telegram

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)

Mavzuga oid