Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning tashqi qarzi kamaydi
1 aprel holatiga umumiy tashqi qarz 1,8 foizga kamayib, 38,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston umumiy tashqi qarzi 2022 yil boshiga nisbatan 1,8 foizga yoki 721,5 mln dollarga qisqarib, 1 aprel holatiga 38,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

“Joriy yilning I choragida jahonda geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qilish sekinlashishi va asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi tashqi qarz qoldig‘ida aks etdi”, deyiladi Markaziy bank hisobotida.
I chorak davomida davlat tashqi qarzining sof kamayishi, kurslar va narxlar o‘zgarishini inobatga olganda 1,5 foiz yoki 345,4 mln dollarni tashkil etib, 23,4 mlrd dollargacha, xususiy tashqi qarz esa 15,5 mlrd dollar bo‘lib, 2022 yilning boshiga nisbatan 2 foizga yoki 376 dollarga qisqargan.

Qayd etilishicha, hisobot davrida xususiy sektor tomonidan 1,2 mlrd dollar miqdorida tashqi qarz jalb qilingan. Ushbu mablag‘larning 389 mln dollari banklar, 217 mln dollari tog‘-kon va metallurgiya sanoati, 171 mln dollari neftgaz va energetika sektoridagi korxonalar va 455 mln dollari iqtisodiyotning boshqa sektorlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
15:02 / 27.05.2025
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
20:44 / 17.04.2025
Tashqi qarz miqdori: xalqaro tavsiyalar va joriy vaziyat qanday?
16:36 / 29.03.2025