Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Ukrainani Rossiyaga yon berishga majbur qilishlaridan xavfsiramoqda
Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning ko‘plab davlatlari Ukrainadagi urushning iqtisodiy oqibatlaridan xavotirlanmoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga Rossiya bilan uning manfaatlariga mos kelmaydigan sulh tuzishi uchun bosim o‘tkazishlari mumkinligidan xavfsiramoqda.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning ko‘plab davlatlari Ukrainadagi urushning iqtisodiy oqibatlaridan xavotirlanmoqda. U gap qaysi mamlakatlar to‘g‘risida borayotganini aytmadi.
«Juda ko‘p mamlakatlar bu Yevropaga keraksiz urush demoqda va shu sababli ukrainaliklarni yomon sulh tuzishga chaqirish, ehtimol, majbur qilish uchun bosim kuchayadi»,— dedi Buyuk Britaniya bosh vaziri.
Uning fikricha, agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Ukrainada o‘z maqsadiga erishsa», buning oqibatlari «xalqaro xavfsizlik uchun xavfli bo‘ladi» hamda «uzoq muddatli iqtisodiy falokatga aylanadi».
Boris Jonson G7 va NATO mamlakatlarini Ukrainadagi voqealardan «charchoq» paydo bo‘lganiga qaramasdan Rossiyaga yon bermaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025