Jahon | 21:38 / 27.06.2022
13887
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Rossiyadan keltiriladigan ayrim mahsulotlarga boj to‘lovini oshirdi

AQSh shuningdek, Belarusdan keltiriladigan mahsulotlarga ham boj to‘lovlarini oshiradi.

Foto: TASS

Rossiyadan AQShga olib kiriladigan yuzlab pozitsiyadagi ayrim mahsulotlarga 30 kundan so‘ng import bojlari joriy etiladi. Ayrim mahsulotlarga boj to‘lovlari miqdori 35 foizgacha oshiriladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Baydenning tegishli farmonida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, «olib kirilishi taqiqlanmagan, oqlangan va AQSh tashqi siyosiy manfaatlariga mos keladigan» mahsulotlarga nisbatan boj to‘lovlari oshiriladi. Hujjatda aynan qaysi mahsulotlar ushbu toifaga kiritilishi aytilmagan. 

AQSh shuningdek, Belarusdan keltiriladigan mahsulotlarga ham boj to‘lovlarini oshiradi. Ushbu qaror Rossiya va Belarus bilan me’yordagi savdo munosabatlari to‘xtatilgani bilan izohlangan.

Avvalroq Oq uy Rossiyadan AQShga neft va neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, dengiz mahsulotlari, alkogol, nosanoat olmoslari eksport qilinishini taqiqlagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid