Jahon | 18:48 / 29.06.2022
10110
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Shvetsiya va Finlandiyadan 33 kishini topshirishini takroran so‘raydi

Ilgari Shvetsiya va Finlandiya Anqara terrorchilar deb hisoblaydigan odamlarning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga ruxsat bermagandi.

Foto: Reuters

Turkiya Shvetsiya va Finlandiyadan Anqara terrorchilar deb hisoblaydigan odamlarni ekstraditsiya qilishni takroran so‘raydi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdog‘ ma’lum qildi

"Yangi kelishuvga muvofiq, Finlandiyadan Kurdiston ishchi partiyasining olti a’zosi va Fetö tashkilotining olti a’zosi, Shvetsiyadan esa Fetö tashkilotining o‘n a’zosi va Kurdiston ishchi partiyasining o‘n bir a’zosi ekstraditsiya qilinishini so‘raymiz", - dedi Bo‘zdog‘. 

May oyida, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralar fonida bu mamlakatlar 33 kishining Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga ruxsat bermagandi. Ular 19ta so‘rovni rad etgan, beshtasini javobsiz qoldirgan, to‘qqizta so‘rov ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan, deb yozgandi Reuters

Anqara bu mamlakatlarni kurd ayirmachi guruhlarini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan hamda ularning NATOga a’zo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgandi.

28 iyun kuni Madridda Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya Anqaraning xavotirlari hisobga olingan holda xavfsizlik sohasidagi memorandumni imzoladi. Turkiya o‘z navbatida, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga nisbatan e’tirozidan voz kechdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid