Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Rossiya diplomatik missiyasiga ko‘ra «bunday hujumlar qariyb bir yildan beri muntazam davom etmoqda».
Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi 25 mayga o‘tar kechasi diplomatik missiya hududiga dron yordamida ichida bo‘yoq bo‘lgan idish tashlanganini ma’lum qildi.
«Voqeaning alohida surbetligi shundan iboratki, dronni boshqarganlar tomonidan shisha idish ishlatilgan, u balandlikdan tashlanganda odamlarga og‘ir tan jarohatlari yetkazishi mumkin edi», - deyiladi elchixona Telegram-kanalida.
Rossiya diplomatik missiyasining qayd etishicha, «bunday hujumlar qariyb bir yildan beri muntazam davom etmoqda». Ularning ta’kidlashicha, «bunday holatlarda yuz beradigan barcha ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha ayb Shvetsiya rasmiylarining zimmasida».
Elchixona e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, rossiyalik diplomatlar bir necha bor mamlakat politsiyasi va TIVga murojaat qilib, xavfsizlik va diplomatik missiya daxlsizligini ta’minlashni talab qilgan, ammo «shunga qaramay, hech qanday natija yo‘q».
2024 yil noyabrda Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududga tashlangan bo‘yoq idishi haqida xabar bergandi. O‘shanda noma’lum shaxslar bir necha bor «Rossiya diplomatik missiyasining o‘tish yo‘li, avtomobillari va boshqa mulklariga» shikast yetkazgani aytilgan edi. 2025 yil yanvar oxirlarida Ukraina fuqarosi yengil avtomobilda elchixona darvozasini buzib kirishga uringan, biroq politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
22:40 / 17.04.2025