O‘zbekiston | 11:32 / 30.06.2022
11558
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqdagi tog‘larda adashib qolgan besh kishi FVV tomonidan qutqarildi

Toshkent viloyatidagi tog‘larda adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Bugun, 30 iyun kuni soat 00:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga besh nafar fuqaro Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda yo‘ldan adashib qolib, pastga tushib olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, kelib tushgan murojaatga asosan, Beldersoy tog‘ining Qumbelsoy hududida manzilda adashib qolgan besh nafar fuqarolarni izlab topish va ularni qutqarish amalga oshirildi. 

Qayd etilishicha, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb qilindi.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yo‘ldan adashgan besh nafar fuqarolar topilib, sog‘-salomat pastga olib tushilgani aytiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid