Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan Surxondaryo viloyati hududiga snaryadlar kelib tushdi
Hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanuvchilar bo‘lmagan.
5 iyul kuni Afg‘oniston hududidan Surxondaryo viloyati hududiga beshta snaryad uchib o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«2022 yil 5 iyul kuni soat taxminan 16:20 atrofida O‘zbekistonning chegaraoldi hududiga katta ehtimol bilan Afg‘oniston hududidan uchirilgan beshta reaktiv snaryadlar kelib tushgani qayd etildi.
Shuni ta’kidlash joizki, snaryadlar tushganida portlashlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud bo‘lmagan va vayronagarchiliklar yuz bermagan.
Termiz shahridagi «Majnuntol» mahallasida joylashgan 4 ta uy-joyga uncha yirik bo‘lmagan ziyon yetgan, beshinchi snaryad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaryadlar sapyorlik bo‘linmalari tomonidan zararsizlantirilgan», deyiladi xabarda.
Hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirayotgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining ikkinchi yarmida Afg‘oniston shimolidan turib O‘zbekistonning Termiz shahri atrofidagi hududlarga snaryadlar uchirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
14:35 / 23.05.2025
Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
21:44 / 04.04.2025