Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Denov tumanida bir guruh fuqarolar YPX xodimlariga qarshilik qilib, janjal ko‘targani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevning «Daryo» so‘roviga javoban aniqlik kiritishicha, haydovchi yo‘l harakati qoidalarining 99-bandini buzib, qarama-qarshi bo‘lakdan harakatlanib kelgan avtomashinaga yo‘l bermasdan harakatlangani uchun xodim Lacetti’ni to‘xtatgan. Inspektor haydovchi hujjatlarini so‘raganida taqdim etmasdan qarindoshlari bilan xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida uch nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Ushlanganlarning ikki nafari ayol kishi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025