Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohiga bostirib kirdi
Mamlakatning iqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan namoyishchilar prezidentni lavozimini tark etishga chaqirmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Gotabaya Rajapaksa qarorgohni tark etgan.
Kolomboda 9 iyul, shanba kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan o‘z lavozimini tark etishni talab qilgan bir guruh namoyishchilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Reuters xabariga ko‘ra, minglab namoyishchilar politsiya barrikadalarini buzib o‘tgan, ularning bir qismi binoga kirgan.
Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. AFP xabariga ko‘ra, prezident qarorgohni namoyishchilar ichkariga kirishidan bir necha daqiqa oldin tark etgan.
Shri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bo‘lib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilg‘i va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalashtira olmayapti.
Shri-Lanka rasmiylariga ko‘ra, mamlakat to‘lovga qobiliyatsiz ahvolga kelib qolgan, joriy yil oxirigacha u misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqirozga duch kelishi mumkin. Bosh vazir Ranil Vikramasinge parlamentga mamlakat chuqur tanazzulga yuz tutishini va 2023 yilda moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishda davom etishini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) bilan yordam paketi taqdim etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bosh vazirning ushbu bayonotidan ko‘p o‘tmay, Shri-Lanka katolik cherkovi prezident Gotabay Rajapaksani inqiroz uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga va iste’foga chiqishga chaqirdi.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
10:11 / 28.03.2025