Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat sport-ta’lim muassasalariga davlat binolari bepul ijaraga beriladi
“Nodavlat sport-ta’lim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 iyuldan sport sohasidagi maktabdan tashqari nodavlat sport-ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:
- yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta’lim muassasasi uchun davlatning bino va inshootlarini 2024 yil 1 yanvargacha ijara to‘lovlarisiz berish;
- 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha nodavlat sport-ta’lim muassasasi tomonidan xizmatlarni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarini 50 foizga kamaytirish.
Nodavlat sport-ta’lim muassasasini bojxona bojini to‘lashdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan nodavlat sport-ta’lim muassasalari trenerlariga bir martalik pul mukofotlari to‘lanadi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
16:38 / 10.04.2025