Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tashkilotga a’zo barcha davlatlar O‘zbekiston tomonidan 40 ta mamlakat hammuallifligida ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.
Rezolyutsiyani ishlab chiqish va unda ikki mintaqa muloqoti umumiy yondashuvlari, asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini mustahkamlab qo‘yish tashabbusi davlat rahbari tomonidan 2021 yil iyul oyida o‘tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surilgan edi.
Hujjatda prezidentning 2022 yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida «O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili» deb e’lon qilish taklifi yuqori baholangan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025