Samarqandda BMW ag‘darilib ketdi. Yo‘lovchi vafot etdi
Katta tezlikda harakatlangan BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib ketgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 2022 yil 28 iyun kuni 4R-48 avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani “Xonaqa” MFY hududidan o‘tuvchi 65-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mitan-Ishtixon yo‘nalishida harakatlanib kelgan BMW mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib ketgan.
Oqibatda ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, BMW qoidalarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi tan jarohati olgandi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024