O‘zbekiston | 11:15 / 13.07.2022
9558
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda «prava» olib bermoqchi bo‘lgan sobiq murabbiy ushlandi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan sobiq murabbiy ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navbahor tuman bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Vatanparvar” tashkiloti Navbahor tuman o‘quv sport texnika klubi sobiq murabbiyi T.Q. fuqaro J.ga avtomaktabda bo‘lib o‘tayotgan o‘quv guruhiga uni navbatsiz kiritish va haydovchilik guvohnomasiga “D” va “Ye” toifasini qo‘shish evaziga 3,3 mln so‘m va 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid