Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xiyonatda gumonlangan ayolni eri va uning qarindoshlari “samosud” qildi. Ayol qo‘l-oyoqlari bog‘lanib, qamchi bilan kaltaklangan
Xiyonatda gumon qilingan ayol eri va uning aka-ukalari tomonidan ayovsiz kaltaklandi. To‘rt erkak bir bo‘lib ayolning qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, sochlarini olib tashlagan, so‘ng do‘pposlab, qamchilashgan.
2022 yil 9 iyul kuni soat 23-30 larda Yakkabog‘ tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi aka-ukalar kelinining shu mahallada yashovchi erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganidan xabar topib, g‘azab ustida ayolning oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlagan.

So‘ng uni do‘pposlab, tanasining turli qismlariga qamchi bilan muttasil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berishgan. Oqibatda ayol shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Samarqandda ayol va uning o‘g‘li yer talashib boshqa bir ayolni do‘pposlashgandi. Shuningdek, Ko‘kdala tumanidagi dehqon bozori oldida turgan mashinadan pul o‘g‘irlagan shaxs «samosud» qilingandi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
11:38 / 25.09.2024
Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi
15:27 / 10.07.2024
Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni jazolagan erkakning o‘zi ham “samosud” qilindi
07:29 / 09.07.2024