Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada anomal harorat yana qancha vaqt saqlanib turishi aytildi
Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas jazirama ob-havo fonida o‘limlar soni ko‘payishi mumkinligini aytdi.
Yevropaning qator mamlakatlarida anomal yuqori harorat kelasi hafta o‘rtalariga qadar saqlanib turadi, dedi Jahon meteorologiya tashkiloti vakili Robert Stefanski.
"Bugun butun Fransiya, Buyuk Britaniya, hatto Shveytsariyada harorat eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini kutmoqdamiz… Hamma bu qachon tugashini so‘rayapti. Barcha ob-havo modellarini hisobga olgan holda, afsuski, bu kelasi hafta o‘rtalariga qadar davom etadi", - dedi Stefanski.
O‘z navbatida, tashkilot bosh kotibi Petteri Taalas jazirama ob-havo fonida o‘limlar soni ko‘payishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati yangi harorat rekordini qayd etgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surrey grafligidagi Charlvud shaharchasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
14:23 / 17.05.2025