Rossiya Ukrainaning egallab olingan qismlarini annexia qilishga tayyorlanmoqda - AQSh
Ukrainaning bosib olingan hududlariga «qo‘g‘irchoq» hokimiyatlarni tayinlash, u yerda rublni joriy etish va Rossiya pasportlarini tarqatish orqali Moskva Ukraina hududlarini annexia qilish uchun poydevor qo‘ymoqda, deya hisoblaydi AQSh.
Vashingtonning fikricha, Rossiya Ukrainaning egallab olingan hududlarini annexia qilish uchun zamin tayyorlamoqda – ularga noqonuniy «hokimiyat» vakillarini tayinlash, rublni mahalliy valuta sifatida joriy etish va aholini Rossiya fuqaroligini qabul qilishga majburlash kuzatilyapti. Bu haqda 19 iyul, seshanba kuni AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Moskva Ukrainaning yaqinda egallab olingan hududlarida o‘zining annexiasi paytida Qrimda bo‘lgani kabi taktikadan foydalanmoqda. Xususan, gap Xerson, Zaporojye va butun Donbass atrofidagi hududlar haqida boryapti.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyani annexia qilish harakatlari «kelishilgan va strategik» ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda, bu Moskvaning niyatlari haqidagi oldingi taxminlarni tasdiqlaydi, deya ta’kidladi Kirbi. Bunda, birinchi navbatda, Rossiya tomonidan tayinlangan hukumatlar soxta referendumlar o‘tkazadi, so‘ngra «Rossiya bu referendumlardan foydalanib, suveren Ukraina hududini qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan birgalikda Kreml tomonidan Rossiya «qo‘g‘irchoq»lariga qarshi sanksiyalar qo‘llash orqali Ukrainaning yangi hududlarini annexia qilishga bo‘lgan har qanday urinishlariga «tezkor va keskin» javob berishga tayyor.
«Biz Rossiya tomonidan annexia qilingan hududlarni hech qachon tan olmaymiz», dedi Milliy xavfsizlik kengashi vakili.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024