Jamiyat | 16:58 / 25.07.2022
11203
3 daqiqa o‘qiladi

“Agrobank” ATB tomonidan Farg‘onaga press-tur tashkil etildi

Bugungi kunda barcha sohalar islohotlarga hamohang tarzda rivojlanib bormoqda. Birgina “Agrobank” ATB tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari natijasida bank ekotizimi yaratildi. Shuning natijasida xizmatlar ko‘lami oshib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Foto: Agrobank

Ayniqsa qishloq xo‘jaligini ilmiy asosida taraqqiy ettirishda ham ko‘zga ko‘rinarli amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 dekabrda “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosi yuzasidan aniq maqsadli sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan.

Xususan, tomorqa egalariga qulaylik yaratish maqsadida yangi “AgroZamin O’zimizniki” onlayn platformasi ishlab chiqildi va joriy yil 1 apreldan ishga tushirildi.

Bu platforma orqali tomorqa yer egasiga o‘z mahsulotini onlayn sotish, urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘itlarni sotib olish, video qo‘llanmalar, onlayn maslahat olish imkoniyati yaratildi. Shuningdek mazkur platforma orqali mahsulot va xizmatlarni onlayn tarzda “Agromarkazlar”ga buyurtma berish imkoniyati taqdim etildi.

Shuningdek, respublika bo‘yicha tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlariga “bir darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish uchun hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqib “Agromarkaz” lar tashkil etiladi.

Ana shunday “Agromarkazlar” faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 23 iyul kuni Agrobank ATB tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Farg‘ona viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Farg‘ona shahri va viloyatning O‘zbekiston tumanida joylashgan “Agromarkazlar”ini ko‘zdan kechirishga va ushbu markazlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni joyida ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu markazlar orqali tomorqa egalari, dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik yetishtiruvchilariga barcha turdagi xususan “yerga ishlov berib urug‘ qadashdan to tayyor mahsulot” gacha bo‘lgan zanjirli tizimni qamrab olgan tizimdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. 

Xususan, Agromarkazlarda agronom, veterinar, o‘simliklarni himoya qilish, xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar, tomchilatib sug‘orish, parrandachilik, quyonchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishida konsalting (maslahat) xizmati;

  • Texnika xizmatlari, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish, sun’iy urug‘lantirish, transport xizmatlari;
  • Yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish, qayta ishlash va sotish tizimi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ommaviy axborot vositalari press-tur davomida “Agromarkaz”larda yaratilgan shart-sharoitlari, imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib o‘zlarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldi.

“AgroZamin O’zimizniki” mobil ilovasini yuklab oling:

Android: 1-HAVOLA, 2-HAVOLA. IOS: 1-HAVOLA.

Mavzuga oid