O‘zbekiston | 07:25 / 29.07.2022
1568
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun yopiladi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Ahmad Donish ko‘chasida (yangi Dinamo do‘koni) yangi yerusti piyodalar o‘tish yo‘li quriladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu sababli 29 iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 ga qadar shu ko‘chaning "Sulton" restoranidan avtomobil ko‘prigigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Bundan oldin Chilonzor ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid