O‘zbekiston | 15:46 / 29.07.2022
12654
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga sovuq qurollar katta partiyasini olib kirishga urinish holati aniqlandi

862 million so‘mlik sovuq qurollarni olib kirish rejasi amalga oshmadi.

Foto: Andijon viloyati bojxona boshqarmasi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali respublikaga kirib kelgan “Man” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. 
      
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 862 mln 880 ming so‘mlik 5839 dona 14 xildagi turli xil pichoqlar hamda temir tayoq (bita) tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid