Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tergovchilarni tayyorlash tizimi qayta ko‘rib chiqiladi
Surishtiruv va tergov organlari uchun yetuk kadrlar tayyorlashning yangi tizimi yaratilishi kutilmoqda. Bu boradagi rejalar Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni surishtiruv va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Tegishli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki surishtiruvlarni olib borishdagi muammoli omillar, yangi paydo bo‘layotgan tahdid va jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovchi kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Xususan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha faoliyatning metodik ta’minotini takomillashtirish muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbari zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv hamda tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
15:23 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
16:03 / 30.04.2025
Rossiya Bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik migrantlarning huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini oldi
19:27 / 21.04.2025