Jahon | 14:42 / 04.08.2022
31159
4 daqiqa o‘qiladi

Ruslarning Dneprdan yangi kechuvi, ukrainlarning Donbassdagi pozitsiyalari. Urush suratlari

3 avgust kuni Rossiyada Vladimir Putin bilan uchrashib qaytgan Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder Kreml Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini aytdi. Istanbulda g‘alla bo‘yicha kelishuvdan keyin Ukraina portidan yo‘lga chiqqan ilk kema inspeksiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Rossiya qo‘shinlari Mikolayivni o‘qqa tutishda va ukrain kuchlari mudofaani mustahkamlagan Donbassda ilgarilashga urinishda davom etmoqda. RF mudofaa vazirligi Moskva va Kiyev 27 bor harbiy asirlar va qurbonlarning jasadlari almashuvini o‘tkazganini ma’lum qildi. Ramzan Qodirov «LXR qahramoni» bo‘ldi, o‘z navbatida «LXR» rahbariga ham orden berildi. BMT Olenivka o‘qqa tutilishi faktini o‘rganish bo‘yicha missiya tuzdi.

Quyida 3 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xerson

Xerson hududidagi Antonov ko‘prigi yaqinida Dnepr daryosidan ponton parom orqali olib o‘tilayotgan avtomobillar. Ko‘prik ukrain harbiylari zarbalaridan shikastlanib, harakatlanish uchun yopib qo‘yilgan, shu tufayli Rossiya armiyasi paromlar harakatini yo‘lga qo‘ygan. Tadqiqotchilar taxmin qilishicha (masalan, Conflict Intelligence Team), ulardan bir vaqtning o‘zida harbiy texnikalar ham tashishda foydalanilmoqda. Suratdagi, oq rangli mikroavtobus Rossiya FXXga tegishli bo‘lishi mumkin. Foto: TASS

Mikolayiv 

Mikolayivda rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lgan bino. 3 avgustga o‘tar kechasi shahar bir necha bor o‘qqa tutildi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, prichal, sanoat korxonasi, turar joylar, garaj kooperativi, supermarket va dorixona shikastlangan.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivdagi vayrongarchiliklar fonida turgan ayol
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti 

Xarkiv yaqinidagi Chuguivdagi rossiyaliklar zarbasiga uchragan ichimlik suvi quyish fabrikasidagi holat. 3 avgust kuni shaharda, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, rossiyaliklar zarbasi oqibatida Rossiya fuqarosi bo‘lgan 58 yoshli kishi halok bo‘lgan.
Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
56 yoshli Oleksiy Saltovkada o‘zining qo‘lbola do‘koni yonida — bu Xarkivning eng ko‘p jabrlangan tumanidir. Rossiya qo‘shini shaharga urushning ilk kunlaridan hujum qilishni boshlagan. May oyida G‘arbdagi harbiy ekspertlar Ukraina «Xarkiv uchun jang»da g‘olib kelganini aytishgandi.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivning Saltovkasida rossiyaliklar zarbasiga uchragan bino xarobalari orasida yotgan maneken 
Daniel Carde / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kommunal xizmat xodimlari Xarkivda rossiyaliklarning 3 avgustga o‘tar kechasi bergan zarbalaridan keyin hosil bo‘lgan kraterni o‘rganmoqda.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv atrofidagi pozitsiyada Maksim pulemyot tizimi yonidagi ukrain harbiysi
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

Sumi oblasti 

Ukrain harbiylari Sumi oblastida Rossiya chegarasidan ikki kilometr masofada mudofaa istehkomi qurmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Donbass shimoli

Ukraina armiyasining Donbassdagi mudofaa chizig‘i, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya armiya Baxmut yo‘nalishida hujum qilishga urinmoqda
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Ayol va erkak evakuatsiya poyezdida ketayotgan nabirasini kuzatmoqda. Iyul oyi oxirida Donetsk oblasti ma’muriyati majburiy evakuatsiya haqida e’lon qildi. Regiondan qishda issiqlik ta’minoti yo‘qligi tufayli muzlab qolmasligi uchun 200 ming kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid