O‘zbekiston | 10:45 / 10.08.2022
15814
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda ayolni qo‘rqitib zo‘rlagan ikki yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gumondorlar protsessual tarzda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Zomin tumani “Pshag‘or” QFYda yashovchi uy bekasi, 2 nafar farzandning onasi B.Z. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘zini zo‘rlab nomusiga tekkan ikki yigitga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Uning murojaatiga ko‘ra, 2022 yilning 24 iyul kuni soat 2:45 larda o‘zining yashash uyiga tumanning Yoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. hamda uning mahalladoshi A.A. yotoqxona derazasi orqali kirgan va uni qo‘rqitib, yuzlariga bir necha marotaba urishgan. So‘ng majburlab, zo‘rlab nomusiga tekkan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan D.A. va A.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 118- moddasi 2- qismi “v”,  “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Mavzuga oid