Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada yangi hukumat tuzildi
Fumio Kishida hukumatidagi o‘z lavozimlarini, o‘zgarishlardan so‘ng, TIV va Moliya vazirligi rahbarlari Yoshimasa Xayashi va Shunichi Suzuki saqlab qoldi. Yasukazu Hamada mamlakatning yangi mudofaa vaziri bo‘ldi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Matsuno 10 avgust, chorshanba kuni mamlakat hukumatining yangi tarkibini e’lon qildi. Kutilganidek, TIV rahbari Yoshimasa Xayashi va moliya vaziri Shunichi Suzuki o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. Matsuno, shuningdek, iqtisodiy tiklanish vaziri Daishiro Yamagiva kabi o‘z vazifasini bajarishda davom etadi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.
2008 yildan 2009 yilgacha tegishli lavozimni egallab kelgan Yasukazu Hamada Yaponiya mudofaa vaziri etib tayinlandi. Shu paytgacha koronavirusga qarshi kurash uchun mas’ul bo‘lgan, sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Yasutoshi Nishimura iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri bo‘ldi. Shuningdek, u Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar uchun mas’ul vazir lavozimini egalladi.
Avvalroq, 10 avgust kuni bosh vazir Fumio Kishida vazirlar mahkamasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishi arafasida avvalgi hukumat iste’foga chiqqan edi. Avvaliga parlamentning kuzgi sessiyasi ochilishi arafasida, sentabr oyi boshida vazirlar mahkamasi qayta tashkil etilishi rejalashtirilgan edi, biroq Kishida aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanish darajasining pasayishi fonida lavozimlarni qayta taqsimlashni tezlashtirishga qaror qildi.
NHK telekanalining shu hafta boshida e’lon qilingan so‘roviga ko‘ra, Yaponiya hukumatini qo‘llab-quvvatlash Kishida 2021 yil oktyabr oyida lavozimga kelganidan beri eng past darajaga tushdi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025