O‘zbekiston | 14:24 / 11.08.2022
7840
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Nijniy Novgorodga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Koronavirus pandemiyasi sababli ikki yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam avtobus qatnovi tiklandi.

Foto: tashtrans.uz

Tashtrans matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yil 11 avgustdan boshlab «Toshkent» avtovokzalidan Nijniy Novgorod shahri bilan muntazam avtobus qatnovi tiklandi.

Qayd etilishicha, Toshkentdan Nijniy Novgorodga avtoreyslar payshanba kunlari amalga oshiriladi. Safar vaqti taxminan 40 soatni tashkil qiladi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 953 000 so‘mga teng.

18 iyuldan boshlab Toshkent va Moskva, Qozon hamda Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi tiklandi. 

Mavzuga oid