14 avgust kuni rossiyalik harbiy korrespondent Yuriy Kotenok ukrainalik harbiylar «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Popasnayadagi bazalaridan birini o‘qqa tutganini xabar qildi. Ukraina qurolli kuchlari tunda yo‘llangan zarbalar oqibatida Xerson oblastidagi Antonov ko‘prigi foydalanishga butkul yaroqsiz holatga tushganini ma’lum qildi. Rossiyalik harbiylar egallab olgan Energodar shahri meri hududida Zaporrijjya AES joylashgan shahar o‘qqa tutilayotganini aytib berdi. Chernihivda odamlar urushning ilk davridagi harbiy harakatlar tufayli vayron bo‘lgan uylarini tozalamoqda. Luhansk oblastiining Rubijne shahrida 109 kishining jasadi eksgumatsiya qilindi. Evakuatsiya e’lon qilingan Kramatorskda tinch aholi vakillari qolishi davom etmoqda.
Quyida 14 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Chernihiv
Chernihiv yaqinidagi Novoselovka qishlog‘ida rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lgan uyni tozalashmoqda. 13 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Donetsk — Peski va Novoselovka — Aleksandropol yo‘nalishida harbiy harakatlar davom etayotganini xabar qildi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
12 yoshli Danik Rak Novoselovkadagi xaroba uyda ishlamoqda. Urushga qadar bu qishloqda kamida ming kishi yashagan. Ushbu aholi punkti zarbalardan jiddiy shikastlandi, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan. Novoselovka aholisi qishda yashab qolish uchun uylarni o‘z qo‘li bilan tiklashga urinmoqda. Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Novoselovka aholisi vakili Janna Dunayeva o‘zining vayron bo‘lgan uyi oldida.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya
Zaporijjyadagi qochqinlarni qabul qilish markazida uzoq ayriliqdan keyin ko‘rishgan oila. Shahar hamon Ukraina nazoratida qolmoqda.
Madeleine Kelly / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Mikolayiv
Mikolayiv aholisi vakillari raketa qoldiqlarini suratga olishmoqda. 14 avgust tongida Mikolayiv oblasti ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim Nikolayev porti «Grad»dan o‘qqa tutilgani, shuningdek «Smerch» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari orqali shahardagi aholi yashash kvartallari va sanoat obektlariga zarba yo‘llanganini ma’lum qildi. Bir necha bino shikastlangan, bir kishi yaralangan.
Oleksandr Ratushniak / EPA / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Luhansk oblasti Rubijne shahrida tinch aholi vakillari jasadlari eksgumatsiya qilinishi. TASS xabariga ko‘ra , 12 avgust kuni qabrlardan 109 kishining jasadi chiqarib olingan. «LXR» rahbari maslahatchisi va idoralararo ishchi guruh rahbari Anna Sorokining xabar berishicha, Rubijne, Severodonetsk, Lisichansk va Popasnayada 1,5 ming kishi umumiy qabrlarga ko‘milgan bo‘lishi mumkin.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rubijneda halok bo‘lganlarning eksgumatsiya jarayoni. Rossiya kuchlari shaharni aprel oyidan buyon nazorat qilmoqda. 7 avgust kuni ular 2022 yil mart-aprel oylaridagi harbiy harakatlar vaqtida halok bo‘lgan mahalliy aholi vakillarining jasadlarini dafn qilishni boshladi. Luhansk oblasti rahbari Sergey Gaydayning ma’lum qilishicha, birinchi kuni ular 63 kishini dafn etishgan. Foto: Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Kramatorskdagi derazalari sinib ketgan mashinada. 14 avgust kuni «Ukrainskaya pravda» Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklarning Kramatorsk yo‘nalishidagi hujumlarini qaytarganini xabar qildi.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi va keksa yoshli ayol Kramatorsk yaqinidagi supermarketda yegulik xarid qilmoqda. Kiyev majburiy evakuatsiya e’lon qilgani va tinch aholi uchun doimiy tahdidlarga qaramay, Kramatorskda faqat harbiylar emas, oddiy odamlar ham qolmoqda.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA
Lviv
Oyog‘ini yo‘qotgan ukrain askari Yuriy ot ustida. «Qo‘llar qo‘lga» tashkiloti yaralangan harbiy xizmatchilarga ippoterapiya kursidan o‘tishda ko‘mak ko‘rsatmoqda
Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETA