Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Saudiya Arabistonining qo‘shimcha investitsiyalari jalb qilinadi
Jiddada O‘zbekiston prezidentining Saudiya Arabistoniga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik amaliy jihatlari muhokama etildi.
Jidda shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasidagi aniq loyihalarni nazarda tutgan holda oliy darajadagi tashrif kun tartibini iqtisodiy jihatdan boyitishni ko‘rib chiqdi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga qo‘shimcha Saudiya Arabistoni investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilishga tayyorlik bildirildi.
O‘zaro munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tahlili natijalariga ko‘ra, kutilayotgan oliy darajadagi tashrif mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
19:00 / 19.05.2025