O‘zbekiston | 09:00 / 18.08.2022
7028
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston charm kiyimlari dunyo bozoriga kirib bormoqda

“O‘zcharmsanoat” uyushmasining investitsiya siyosati o‘zagini avvalo mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va ijtimoiy jarayonlar tezlashtirilishidagi faol ishtirok etish, O‘zbekistonda charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalariga yangi tendensiyalar asosida xorij kapitalini keng jalb etish, dunyo bozoriga o‘zbek brendini tanitish kabi ko‘plab maqsadli chora-tadbirlarning majmuasi tashkil etadi.

Foto: O‘zcharmsanoat

Ana shu maqsad sari odimlagan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi so‘nggi yetti yilda sohada dinamik o‘sishni qayd etdi. Mamlakatimiz charm-poyabzal va mo‘ynachilik sanoatida inqilobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda deb ishonch bilan aytish mumkin. Birgina 2016 yilda 15,7 mln. dollarlik 12 ta loyiha ishga tushgan bo‘lsa, 2022 yil oxiriga kelib 218 mln. dollarlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu o‘z navbatda Uyushmaning xorijiy va mahalliy investorlar bilan ishonchli hamkorlik aloqalari va mustaham sarmoyaviy siyosatining real hayotda aks etishidir. Bugun bu sohada Yevropadan Osiyogacha, arab davlatlaridan Amerika qit’asigacha bo‘lgan mamlakatlar vakillari kapitalini qayd qilish mumkin. Yana bir jihat: Janubiy Osiyoning eng yirik mamlakati, iqtisodiy jihatdan dunyoning kuchli beshligiga kiruvchi Hindistonning tadbirkorlari ham mablag‘larini O‘zbekistonga yo‘naltirmoqda.  

LEATHER APPARELS – bu “O‘zbekistonda tayyorlangan” yorlig‘i ostida Hindistonlik investorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan charm-kiyimlar brendi. 2020 yilda Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan korxona mahsulotlari dunyoning bir qator mamlakatlari bozorida yaxshi tanish. Shu kunga qadar 100 dan ortiq turdagi modellar asosida mahsulot ishlab chiqargan korxona nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro moda alyansida ham o‘z nomi va mavqeiga egadir.  

LEATHER APPARELS Siz istagan hayot” turkumidagi charm kiyimlarni taqdim qiladi. Boisi, kimdir chiroyli ishbilarmonlik ko‘rinishini ma’qul ko‘rsa, yana boshqa birov oddiylik va qulaylikka intiladi. O‘zbek brendi esa har qaysi yo‘nalishda o‘z mahsulotlarini taqdim eta olishini davrning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shu bois brendning dunyodagi muvaffaqiyati ortib bormoqda. Xususan, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropaning eng yirik moda ko‘rgazmasi – “Pure London”da LEATHER APPARELS mahsulotlari jahon dizaynerlarining e’tibori va etirofiga sazovor bo‘lgan edi.

Joriy yilning 10-12 avgust kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Ociyoning yirik moda anjumanlaridan biri bo‘lgan – “EliteLine-2022” xalqaro ko‘rgazmasida esa LEATHER APPARELS o‘zining kuz-qish mavsumi uchun tayyorlangan yangi kolleksiyasini Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilarga taqdim etdi.

Yangi koleksiyada brend zamonaviylik va milliylik kollaboratsiyasiga alohida urg‘u bergan. Zardo‘zlik bezaklari, turli ranglar jamlanmasi, dizayn – bularning barchasi eng talabchan mijozlarning ham istaklariga mos keladi. Har bir modelning yaratilishida ayollarning hayotiy uslublari jamlangan. Aynan mazkur ko‘rgazma orqali LEATHER APPARELS dunyo “Fashion” alyansiga O‘zbekiston nomidan yangi kuch bo‘lib kirdi.  

LEATHER APPARELS bugungi kunda mamlakatimizda bitta korxonasini Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ishga tushirib ulgurdi, yaqin kelajakda esa ularning soni 5 taga yetadi.

Bu natijalar O‘zbekiston charm-poyabzal, charm-attorlik va mo‘ynachilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan berilayotgan alohida e’tibor natijasida soha jahonda o‘z o‘rnini topib borayotganligia yaqqol misoldir.

Mavzuga oid