Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida 2,2 mln kishi keldi
7 oyda 2,2 mln kishi qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 2,2 mln kishi;
- dam olish — 169,8 ming kishi;
- davolanish — 44,4 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 36,8 ming kishi;
- tijorat — 9,1 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 2,4 ming kishi.
Bundan oldin yil boshidan beri 2,7 mln o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgani xabar berilgandi.
Bundan tashqari, dam olish maqsadida 435,6 ming kishi, o‘qish maqsadida 112,1 ming kishi chetga chiqib ketgan.
Shuningdek, davolanish uchun 34,9 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 9,2 ming kishi chiqib ketgan.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025