O‘zbekiston | 15:05 / 25.08.2022
9005
1 daqiqa o‘qiladi

Iordaniya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasi bo‘yicha Iordaniya mamlakatdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi amalga oshirilishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston eksportyorlaridan gilos, limon, olma, piyoz va sarimsoq piyoz kabi mahsulotlarni Iordaniya bozorida sotish uchun ularni zararkunandalardan tegishli tartibda tozalash talab etiladi.

Endi o‘zbek giloslarini Iordaniya hududiga eksport qilish uchun fitosanitariya guvohnomasiga qo‘shimcha tasdiqlovchi band kiritilgan bo‘lib, unga binoan jo‘natma Pseudomonas syringae pv.syringae va Quadraspidiootus pernicious zararkunandalaridan xoli ekanini ko‘rsatish hamda Tselsiy bo‘yicha 0,5 daraja sovuq- 05 daraja iliq haroratda 20 kun davomiy ravishda muzlatish yetarli hisoblanadi.

Diplomatiya missiyasi O‘zbekiston tadbirkorlarini yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda arab mamlakatlari bozorida munosib o‘rin egallashga chaqirgan.

Mavzuga oid