O‘zbekiston | 09:29 / 25.08.2022
8152
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Cobalt urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi shaxs Cobalt mashinasida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan Mirzacho‘l tumanida yashovchi piyodani urib yuborgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 20 avgust kuni soat 23:54 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Yoyilma mahallasidan o‘tgan 976-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi shaxs Cobalt mashinasini Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan Mirzacho‘l tumanida yashovchi piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxona yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Avvalroq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Cobalt ikki nafar bolani urib yuborgan va ulardan biri halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid